Boshqorong'ilik
Boshqorongʻilik — boʻyida boʻlgan (homilador) ayol organizmida roʻy beradigan oʻzgarishlar ifodasi; ishtaha yoʻqolishi yoki zoʻrayishi, shuningdek nordon, achchiq, shoʻr narsalarni qoʻmsash, gilvata, shama va odatdan tash qari boshqa narsalarni koʻngil tusashi; oʻqtinoʻqtin koʻngil aynishi, qusish, soʻlak oqishi; piyozdogʻ, atir, tamaki va h.k. hidini yoqtirmaslik, ran koʻtara olmaslik, jizzakilik, salga toliqish, bosh aylanishi, uyquchanlik, kayfiyatning oʻzgarib turishi. Bunday hollarda ayol (ayniqsa, qusayotgan) akusherginekolog vrachdan tegishli maslahat olishi kerak (qarang Homiladorlik).
Manbalar
uz.wikipedia.org