Boshqizilsoy




Qizilsoy — Toshkent viloyatidagi soy. Uz. 54 km. Havzasining maydoni 363 km. Chatqol tizmasining gʻarbiy tarmogʻidan, Chatqol qoʻriqxonasi hududidagi Qizilnura togʻidan yarim km jan.gʻarbda, dengiz sathidan 3080 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida (chap irmogʻi Oqtoshsoyning quyilishigacha) Boshqizilsoy deb ataladi. Quyi qismida suvi sugʻorishga sarflanadi, Krasnogorsk shahri dan gʻarbroqda Toshsoy yaqinida esa butunlay qurib qoladi.

Asosan, qor, qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi quyilishidan 23 km da 1,46 m3/sek. Toʻlinsuv davri fevral—martda, eng kam suv sarfi avgust—sentabrda kuzatiladi va 2,22—0,11 m3/sek. orasida oʻzgaradi.

Galereya




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz