BOSHQIRDISTON UNIVERSITETI, Boshqirdiston davlat universiteti — Rossiyadagi yirik universitetlardan biri. Ufa shahrida joylashgan. K. A. Timiryazyev nomidagi Boshqirdiston pedagogika instituti negizida 1957 yil tashkil etilgan. Fizika, matematika, biologiya, filologiya, tarix, geografiya, kimyo, yuridik fanlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 8 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Universitet ilmiy asarlar nashr etadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish