Boshqirdcha Vikipediya




Boshqirdcha Vikipediya (boshqirdcha. Башҡорт Википедияһы) — Vikipediyaning boshqird tilidagi boʻlimi.

2002-yili 2-iyunda tashkil etilgan, ammo ilk maqolasi 2005-yili 16-aprelda yozilgan. Bir yildan soʻng 100-maqola yozildi. Shundan buyon Boshqirdcha Vikipediya yaxshi rivojlanmoqda.

1000-maqola 2010-yili 7-dekabrda yozildi. Shunga binoan „Shunqor“ jurnalida Vikipediyaga bogʻliq maqola nashr etildi.

Statistikasi




2012-yili 1-yanvarda maqolalar soni 6102 ga etdi, 19 va 21-yanvar oraligʻida botlarning yordamida 9300 maqola qoʻshildi. 20-yanvarda Boshqirdcha Vikipediyaning maqolalar soni 10000 dan 15000-ga etadi..

Hozirgi ahvoli



2023-yil noyabr 7 oyi boʻyicha Boshqirdcha Vikipediyada 63 354 maqolalar mavjud. 39 532 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 71 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 7 foydalanuvchi esa administrator maqomiga ega. Jami tahrirlar soni — 1 258 403.
Teranligi (bugun): 23

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz