Boshqird Tili
Boshqird tili — boshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tili da 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Ikkita asosiy — janubiy (yurmata) va sharqiy (quvaqan) shevasi bor. Boshqird tili turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha: 1) umumturkiy ye, o va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi; 2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday); 3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi; 4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam); 5) Boshqird tili dagi s umumturkiy ch ga moye keladi; 6) toʻla shakllanmagan unlilar — i, yo, ye, v (i, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929-yilgacha), lotin (1929— 39) va kirillitsa (1940-yildan) alifbolari asosida.
Boshqird tili (tinglangⓘ [bɑʃqɵrt tɨlɨ]) — Boshqirdistonda rasmiy til maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 379 000 kishi gapiradi (2002).
Boshqird alifbosi Manbalar
uz.wikipedia.org