Boshqird ASSR
Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Boshqird ASSR, BASSR, Sovet Boshqirdistoni, Boshqirdiston; boshqirdcha: Башҡорт Автономиялы Совет Социалистик Республикаһы, Başqortostan Avtonomialь Sovet Sotsialistik Respublikahь) — RSFSR tarkibidagi avtonom respublika.
Boshqird ASSR 1919-yilning 20-martida Boshqird hukumati va Sovet hukumati oʻrtasida shartnoma imzolanishi natijasida tashkil topgan. Turkiston ASSR (30.04.1918) bilan bir paytda RSFSR tarkibidagi dastlabki avtonom respublikalardan biri hamda shartnoma tuzish orqali tuzilgan yagona respublika hisoblanadi. Boshqird va Sovet hukumati oʻrtasidagi kelishuv 1919-yil 23-martda Butunrossiya Sovetlari Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining „Izvestiya“ gazetasida eʼlon qilingan. Bu kun Boshqird ASSR tashkil topganining rasmiy sanasi hisoblanadi.
1990-yilning 11-oktyabr sanasida Boshqird Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat suvereniteti to'g'risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan, avtonom respublika hisoblangan Boshqird SSR nomi Boshqirdistonga (1992-yil 25 fevraldan boshlab Boshqirdiston Respublikasi) oʻzgartirildi.
Respublikaning rasmiy nomlari
1919-yilning 20-martida „Markaziy Sovet va Boshqird hukumatlari oʻrtasidagi Sovet Avtonom Boshqirdistoni toʻgʻrisida bitim“ imzolanishi natijasida Boshkurdiston avtonomiyasi markaziy hokimiyat tomonidan tan olindi va Boshqird Sovet Respublikasi (BSR)ga aylantirildi. Biroq rasmiy hujjatlarda muxtor respublikaga nisbatan turli nomlar qo‘llanilgan:
ASBR — Avtonom Sovet Boshqird Respublikasi;
BSR — Boshqird Sovet Respublikasi;
BSSR — Boshqird Sotsialistik Sovet Respublikasi;
ABSSR —Avtonom Boshqird Sotsialistik Sovet Respublikasi;
BASSR — Boshqird Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi.
Vazirlar Kengashi Raislari
Nosir Urazbayev (1946—1951)
Valey Nabiullin (1951—1962)
Zekeriya Aknazarov (1962—1986)
Marat Mirgazyamov (1986—1992)
Davlat mukofotlari
1935-yil 15-mart — Sanoat va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdagi yutuqlari uchun Lenin ordeni.
1957-yil 13-iyun — Rossiyaga ixtiyoriy ravishda qoʻshilganligining 400 yilligi munosabati bilan, sanoat, qishloq xoʻjaligi va madaniyatni rivojlantirishda erishilgan yutuqlar uchun Lenin ordeni.
1969-yil 21-mart — Oktyabr inqilobi ordeni kommunistik qurilishda erishilgan yutuqlar uchun va respublikaning 50 yilligi munosabati bilan.
1972-yil 29-dekabr; Sovet xalqlarining birodarlik doʻstligi va hamkorligini mustahkamlashda mehnatkashlarning ulkan xizmatlari, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy qurilishdagi ulkan muvaffaqiyatlari va Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqining 50 yilligini nishonlash munosabati bilan — Xalqlar doʻstligi ordeni.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org