BOSHQIRD



BOSHQIRD — 1) boshqirdlar millatiga mansub kishi; 2) o’zbeklarning qipchoq, Jaloyir qabilalari tarkibiga kirgan bir urug’ning nomi. Farg’ona vodiysi va Surxondaryo viloyatida “Boshqird qishloq” deb ataladigan qishloqlar ham uchraydi. Hasan Ato Abushiyning “Turkiy qavmlar tarixi” asari (1909)da keltirilishicha, Bosh qo’rd atamasi “Bosh uyg’ur” yoxud “Boshqutir” so’zidan olingan. Kamoliddin Binoiy “Shayboniynoma” asarida 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida Sirdaryoning o’rta havzasida yashagan turkiy qabilalar orasida bachkirdlarni ham sanab o’tgan. 92 o’zbek urug’i to’g’risida ma’lumot beruvchi “Asomiyi navodu du firqayi o’zbek”da bachqirlar nomi ham keltirilgan. Farg’ona viloyatida Bochqir nomli qishloq bo’lib, K. Shoniyozovning fikricha, 18-asrda shu qishloqda Boshqirdlar yashaganlar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz