Boshqaruvchi Mashina




Boshqaruvchi mashina — murakkab jarayonlarni boshqarishda odam vazifalarini bajaruvchi avtomatik qurilma. Masalan, EHMlari yadro fizikasi, elektronika, avtomatika, telemexanika, mat., tilshunoslik, fan va texnikaning boshqa sohalaridagi ishlarda asqotmoqaa. Boshqaruvchi mashina lar oddiy elektron raqamli hisoblash mashinalaridan bir oz farq qiladi: ularda arifmetik, xotirlovchi, kirituvchi va chiqaruvchi, boshqaruvchi qurilmalardan tashqari mashinani boshqarilayotgan obyekt bilan bogʻlaydigan qoʻshimcha qurilmalar boʻladi. Boshqaruvchi mashina 2 qism: hisoblovchi qism va obyekt bilan bogʻlangan qismdan iborat. Boshqaruvchi mashina boshqarilayotgan obyektga 2 usulda ulanadi. Birinchi usulda mashina ga obyektdan kerakli axborotlar (x,, x2,... xp) va shu obyekt uchun tuzilgan dastur (algoritm) beriladi (rasm, a). Mashina shularga asosan hisoblab, baʼzi parametrlarni oʻzgartirish kerakligi haqida maʼlumot (ug u2,... ul) beradi. Ikkinchi usulda rostlagichlardan foydalaniladi (rasm, b). Bu rostlagichlar mashinadan olingan axborotga asosan oʻzgaruvchi parametrlarni turgʻunlashtirib turadi. Boshqaruvchi mashina yordamida obyektlar, asosan, uch bosqichda boshqariladi: 1) boshqariluvchi obyekt oʻrganilib, kerakli axborotlar yigʻiladi; 2) boshqarish jarayonining matematik modeli tuziladi; 3) tuzilgan dastur amalga oshiriladi. Boshqaruvchi mashina lardan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, poyezdlarni haydash, samolyotlarni uchuvchisiz boshkarish va boshqa sohalarda foydalanish mumkin. Ular korxonalarni yalpi avtomatlashtirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga imkon beradi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz