BOSHOQ — to’pgul yoki to’pmeva xili. Asosan donli o’simliklarga xos bo’lib, boshoqchalardan tashkil topgan. Boshoqcha to’pgulda bir qancha gullar ikkita qipiq orasiga joylashgan. Shunday boshoqchalardan bir nechtasi poyaning uchida zich o’rnashib, Boshoqni hosil kiladi. Shuning uchun boshoqcha poyaning gulchi (generativ) shoxchasidan iborat bo’lib, oddiy to’pgul deyiladi. Boshoq esa juda ko’p boshoqchalardan hosil bo’lgan murakkab to’pguldan tashkil topgan. Shunga ko’ra oddiy, murakkab va siyrak gulli Boshoq bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish