Boshliqqa qarshilik ko'rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish




Boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish  — OʻzR JKning 281-m.sida boshliqqa yoki boshqa harbiy xizmatchilarga ular majburiyatlarini bajarish paytida zoʻrlik ishlatib yoxud zoʻrlik ishlatish b-n qoʻrqitib, faol qarshilik koʻrsatish uchun javobgarlik belgilangan. Boshliq qoʻl ostidagilarga rahbarlik qiladi, oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganida ularni naryadga kirishishga tayyorlaydi va h.k. Ayrim xollarda boshliq xizmat majburiyatlarini bajarishni toʻsatdan boshlashi mumkin. Mas . , boshliq sh.da oʻziga boʻysunuvchini jamoatchilik tartibini buzayotganida koʻrib qolsa, bu noqonuniy xarakatlarni toʻxtatishni talab qiladi. Boshqa harbiy xizmatchilar xarbiy xizmat yuzasidan oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajaruvchi deb maxsus majburiyatlar, mas. , qorovul, patrul yoki ichki naryad tarkibida yoxud boshliq buyrugʻi b-n hisoblanishi mumkin. Majbur qilish deb oʻzining yoki boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab boshliq yoki boshqa shaxsning xizmat majburiyatlarini buzishga qaratilgan faol va tashabbuskorona xatti — harakatlar tushuniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz