Boshlik




Boshlik — 1) Kavkaz togʻlik axoliyey va boshqa Sharq xalqlari sovuq, qoryomgʻir va oftobdan sakdanish uchun boshiga kiyadigan jun yopinchiq. 1862-yil rus armiyasida joriy qilinib, rusturk urushi (1877—78)da shu qadar qoʻl kelganki, hatto uni Gʻarbiy Yevropa armiyalarida ham ishlata boshlaganlar. Masalan, 1881-yil Tunisga joʻnatilgan fransuz qoʻshinlari otryadining barcha zobit va askarlari B. bilan toʻla taʼminlangan. 2) Ayrim musulmon xalqlarda kuyov tomon kelin tarafga inʼom qiladigan qalin boʻlib, u choʻqqi quloqchin ichiga solib berilgani uchun shunday deb atalgan. 3) Poyabzalning oyoq yuzi va yonlarini yopib turadigan qismi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz