BOSHI BUZUQLAR
BOSHI BUZUQLAR — turklarning nomuntazam piyoda harbiy bo’linmalari nomi. Usmonli turk imperiyasi hududidagi jangovar qabilalar — cherkeslar, albanlar, kurdlar va boshqalardan yollab olingan. Boshi buzuqlar o’ta dovyurak bo’lganlaridan shunday deb atalganlar. Xukumat ularni qurol-yarog’, oziq-ovqat bilan ta’minlagan, lekin maosh bermagan. Boshi buzuqlar Turkiya sultonlari olib borgan urushlarda dushmanga qiron keltirib, behad dahshat solganlar. Ularning jasorati, ayniqsa, rus-turk urushi (1877— 78)da namoyon bo’lgan. Oqibat, ruslar yurak oldirib qo’yganlaridan o’z oralaridagi har qanday yomonlikdan qaytmas kishini “boshibuzuq” deb ataydigan bo’lganlar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz