BOSH TOVOQ
BOSH TOVOQ — sayil va to’ylarda uyushtirilgan kurash musobaqalarida qo’yiladigan polvon tovoqlarning birinchisi. Bosh tovoqning borg’isi (mukofoti) oddiy polvon tovoqlarnikidan katta va qimmatroq bo’lgan. Bosh tovoq borg’isiga abzallangan ot, nor tuya, buqa, qo’chqor kabi mollardan biri qo’yilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz