Bosh suyagi sinishi
Bosh suyagi sinishi bu kalla suyagining kranial qismini tashkil etuvchi sakkizta suyakdan bir yoki bir nechtasining sinishi boʻlib, odatda biror bir taʼsir kuch travması natijasida yuzaga keladi. Agar zarba kuchi haddan tashqari kuchli boʻlsa, suyak zarba joyida yoki yaqinida sinishi va bosh suyagi ichidagi qavatlar, qon tomirlari va miya kabi asosiy tuzilmalarga zarar yetkazishi mumkin.
Bosh suyagining biror bir belgi bermagan holatda sinishi jismoniy yoki nevrologik shikastlanishlarsiz sodir boʻlishi mumkin va oʻz-oʻzidan klinik ahamiyatga ega boʻlmasa-da, sogʻlom suyakning sinishi kabi katta miqdordagi kuch ishlatilganligini koʻrsatadi va u bilan bogʻliq jarohatlar boʻlishi ehtimolini oshiradi. Boshning har qanday muhim zarbasi, es-hushni yoʻqotish yoki yoʻqotmasdan, miya chayqalishiga olib keladi.
Sinish turlari
Chiziqli (chegarali) sinish
Bosh suyagining chiziqli yoriqlari bu bosh suyagining toʻliq qalinligini tashqi tomondan ichki sohaga qaraladigan bosh suyagidagi chegarali yoriqlarlardir. Ular odatda toʻgʻri boʻlib, suyaklar siljishini oldini oladi. Shikastlanishning umumiy sababi biror bir toʻmtoq kuch taʼsiri boʻlib, zarba energiyasi bosh suyagining butun maydoniga tarqaladi.
Bosim taʼsirida sinish
Zarb taʼsirida bosilgan yoki ezilgan bosh suyagi sinishi, odatda, bolgʻa, tosh bilan urish yoki boshga tepish kabi kuch taʼsirii natijasida yuzaga keladigan sinish turidir. Ushbu turdagi sinishlar — ogʻir bosh jarohatlarining 11 foizida uchraydi. Buning natijasida, singan suyaklar ichkariga siljiydi. Zarb taʼsirida bosilgan yoki ezilgan bosh suyagi sinishi miyaga bosimning oshishi yoki nozik toʻqimalarni ezib yuboralishi natijasida miyaga qon quyilishi xavfi yuqori boʻlishi mumkin.
Diastatik sinish
Diastatik yoriqlar har xil turdagi yoriqlar bilan paydo boʻlishi mumkin, shuningdek, kranial choklarning diastazasi bilan bir vaqtning oʻzida sinishsiz sodir boʻlishi ham mumkin. Sutural diastaz, shuningdek, kleydokraniyal displazi va osteogenez imperfekta kabi turli xil tugʻma kasalliklarda ham paydo boʻlishi mumkin.
Bazilar sinishi
Bosh suyagining bazilyar sinishi — bu bosh suyagining tag qismida (bosh suyagi asosi) yuzaga keladigan chiziqli yoriqlar boʻlib, ular neyrokraniumning boshqa joylariga qaraganda koʻproq taʼsir qiladi. Shunday qilib, ular kam uchraydigan sinish turlari hisoblanadi, ogʻir bosh jarohati bilan ogʻrigan bemorlarning atigi 4 foizida yagona sinish turi sifatida uchraydi.
Murakkab sinish
Yana qarang
Manbalar
Bibliografiya
Havolalar
uz.wikipedia.org