Bosh skeleti
Bosh suyagi ,
bosh skeleti (lotincha: cranium) — umurtqali hayvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan kism — liqildoklar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun kalla suyagining miya qismi (kalla suyagi qutisi) katta, yuz qismi pastga choʻzilgan, hayvonlarda esa yuz qismi oldinga choʻzilgan boʻlib, kalla suyagining asosiy qismini tashkil etadi. Kalla suyagi miya va u bilan birga takomil etgan sezgi aʼzolarining tayanchi, ularni tashqi muhit taʼsiridan saqlab turadi. Bulardan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayot faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan nafas sistemasining boshlanish qismi — burun boʻshligʻi, ovqat hazm qilish sistemasining boshlanish qismi — ogʻiz boʻshligʻi va eshitish hamda muvozanatni saqlash aʼzolari joylashgan.
Kalla suyagi ning miya boʻlimi tepa tomondan kalla qopqogʻi bilan chegaralangan boʻlib, ichida bosh miya joylashadigan kalla boʻshligʻidan iborat. Kalla boʻshligʻi umurtqa kanalining kengaygan uchi boʻlib, u yerda bosh miya pardalarga oʻralgan holda joylashgan. Kalla tubidagi teshiklar orqali nervlar (koʻruv, hidlov, uchlik, yuz, eshituv nervlari va b.) va qon tomirlari (uyqu arteriyalari, boʻyinturuq venalari) oʻtadi. Chakka suyagida oʻrta quloq boʻshligʻi va ichki quloq bor. Kalla suyagi ning oʻrtasi asosidagi turk egarida gipofiz yotadi. Ensa suyagida uzunchoq miya joylashgan. Kalla suyagi asosidagi eng katta teshik — ensa t ye sh i g i orqali uzunchoq miya orqa miyaga tushadi.
Kalla suyagi gumbazini hosil qiladigan har bir suyak 2 plastinkadan iborat: tashqi plastinkasi qalinroq, ichki (miyaga qaragan) plastinka moʻrt va sinuvchan (buni shishasimon plastinka deb ham ataladi) boʻlib, bosh zarb yeganda (hatto tashqi plastinka shikastlanmaganda ham) sinishi va bunda miya pardasi yirtilib, qon oqishi yoki bosh miyani jarohatlashi mumkin, bu esa hayot uchun xavflidir. Shuning uchun K. s. shikastlanganda uni rentgenda tekshirmasdan, kalla suyagining ichki plastinkasi holatini aniqlamasdan aniq bir xulosaga kelish qiyin. Kalla suyagi ning 2 plastinkasi oraligʻida yupqa gʻovak modda va vena kanallari mavjud. Kanaldan oʻtgan qon tomir miya boʻshligʻidagi pardalardan hosil boʻlgan vena sinuslarini kallani qoplab turgan teri venalari bilan qoʻshadi. Bu venalar miya boʻshligʻidagi qon oqimini bir meʼyorda saqlaydi. Baʼzan kalla terisi jarohatlanganda zudlik bilan chora koʻrish lozim, aks holda jarohatlangan sohadan qon tomir orqali miyaga mikroblar oʻtib, koʻpgina noxushliklarga olib kelishi mumkin. Kalla suyagining miya qismi — ensa suyagi, peshona suyagi, bir juft tepa suyagi, ponasimon suyak, gʻalvir suyak va bir juft chakka suyaklardan tuzilgan.
Kalla suyagi ning yuz qismi yuqori jagʻ, bir juft tanglay, yonoq, burun, koʻz yoshi, pastki chigʻanoq, dimogʻ hamda pastki jagʻ va til osti suyaklaridan iborat. Bu suyaklar (pastki jagʻ suyagidan tashqari) birbiriga oʻzaro chok hosil qilib, pastki jagʻ suyagi esa boʻgʻim orqali birikadi.
Yangi tugʻilgan bola kallasining miya qismi yuz qismiga nisbatan kattaroq boʻladi; suyaklanish bevosita parda davridan boshlanadi, natijada chaqaloqlarda suyaklar oraligʻida parda bilan qoplangan qismlar — liqildoqlar uchraydi. Kalla suyagi bola tugʻilishi vaqtida garmonga oʻxshab yigʻilib, tugʻilishni osonlashtiradi. Liqildoklar 2—3 oydan bir yoshgacha suyaklanib boʻladi, suyaklanish kechikkanda bolalarga baliq moyi berib turish, koʻproq ochiq havoda olib yurish lozim. Kalla suyagi haddan tashqari katta (makrotsefaliya) yoki juda kichik (mikrotsefaliya), shakli har xil (choʻzinchoq, yumaloq va h.k.) boʻlib, hajmlarning turlicha boʻlishi odamning akl-idrokiga hech qanday taʼsir etmasligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Bosh skeleti – inson organizmining skelet tizimidagi bosh qismidagi suyaktlardan tashkil topgan murakkab struktura bo‘lib, boshni himoya qilish va bosh miya, sezgi organlari hamda yuz a'zolarini joylashtirish vazifasini bajaradi. Bosh skeleti ikki asosiy qismdan iborat: miya qafasi (kafasi yoki koptoki) va yuz skeleti.
1. Miya qafasi (Kafasi)
Miya qafasi boshning orqa va yuqori qismini tashkil etib, bosh miya va unga tegishli boshqa strukturani himoya qiladi. Miya qafasining asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
- Peshonasuyak (Os frontale) — boshning old qismi va ko‘zoynak sohasini hosil qiladi.
- Tomir suyagi (Os parietale) — bosh qafasining yuqori va tomon qismlarini tashkil etuvchi ikki suyaktan iborat.
- Orqa suyagi (Os occipitale) — boshning orqa va pastki qismini tashkil qiladi, bosh va bo‘yin suyagi o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlovchi o‘mar joylashgan.
- Siyrek suyagi (Os temporale) — boshning yon tomonlarini tashkil etib, quloq va uning ichki strukturalarini himoya qiladi.
- Elka suyagi (Os sphenoidale) — boshning tag qismida joylashgan va boshqa suyaklar bilan birlashib bosh skeletining markaziy qismini tashkil etadi.
- Ethmoid suyagi (Os ethmoidale) — burun bo‘shlig‘i va ko‘z o‘ngining orqa qismida joylashgan, havo yo‘llari va ko‘z atrofini hosil qiladi.
2. Yuz skeleti
Yuz skeleti boshning old qismida joylashgan bo‘lib, yuzning shakli va funksiyalarini ta’minlovchi bir qancha suyaklardan iborat:
- Yosh suyaklar (Ossa nasalia) — burun ko‘prigini tashkil qiladi.
- Yuz suyaklari (Ossa maxillaria) — yuqori jag‘ qismida joylashgan, tishlar uchun maxsus joy ajratilgan.
- Tosh suyagi (Os zygomaticum) — yuzning chekka qismlarini, ayniqsa yonoqlarni hosil qiladi.
- Lachin suyaklari (Os lacrimale) — ko‘zning ichki burchagida joylashgan kichik suyak.
- O‘rta jag‘ suyaklari (Vomer) — burun bo‘linmasining pastki qismida joylashgan.
- Janubiy suyagi (Mandibula) — pastki jag‘ni tashkil etadi, yagona harakatlanuvchi suyak bo‘lib, gapirish va ovqat chaynashda asosiy rol o‘ynaydi.
Bosh skeletining ahamiyati
Bosh skeleti miya, ko‘z, quloq kabi muhim organlarni himoya qiladi, yuz shaklini belgilaydi, shuningdek, nafas olish va ovqatni chaynash tizimining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bosh skeleti bo‘shliqlari orqali nervlar va qon tomirlari o‘tadi, bu esa organizmning bosh qismidagi turli funksiyalarni bajarishiga imkon beradi.
Xulosa
Bosh skeleti inson tanasining murakkab va asosiy qismidir. U miya va sezgi organlarini himoya qilish bilan birga, yuzning hosil bo‘lishi va nutq jarayonida muhim o‘rin tutadi. Skelet strukturasining mustahkamligi va moslashuvchanligi insonning kundalik hayotida og‘irlik va bosimlarga chidamliligini ta’minlaydi.