Bosh reja




Bosh reja , asosiy reja -1) meʼmorlikda shahar va boshqalarning kelajakdagi rivojini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan loyiha. Aholi yashaydigan manzillar (shahar, qishloq, yoʻldosh shaharcha va boshqalar) da yangi binolar qurish, meʼmoriy obidalarni taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish, koʻcha, maydon, transport yoʻllari, yer osti yoʻllari, kanalizatsiya va boshqalarni vujudga keltirish kabilar aks etadi. Shahar qurilish ishlari (meʼmorlik, muhandislik, tibbiy, ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan qurish va loyihalash ishlari, aholi oʻsish darajasini hisobga olish) va boshqa loyihalar Bosh reja ga boʻysundiriladi. Unda shaharning maʼlum yillarda koʻzda tutilgan taraqqiyoti, qayta tiklash ishlari, qurilishlarning muddatlari mujassamlangan boʻladi; 2) sanoat korxonasi Bosh reja si korxona loyihasining asosiy qismlaridan biri boʻlib, tarkibiga ishlab chiqarish binolarini joylashishi, transport aloqalari, hududini obodonlashtirish va boshqa masalalarni rejalashtirishni uygʻunlikda hal qilish kiradi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz