Bosh Qorakoʻl Kollektori
Bosh qorakoʻl kollektori — Buxoro viloyatida AmuQorakoʻl kanali zonasida joylashgan. Kollektor dehqonchilik kilinadigan 17,9 ming ga maydondagi sizot va tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Umumiy r. 42 km. 1967-yilda qurilgan. B. Bosh qorakoʻl kollektori tarkibida Yomonjar nasos st-yasi ham ishlaydi. B. Bosh qorakoʻl kollektori suvi Qizilqumni yonlab oʻtib, Tuzli koʻlga kuyiladi. Qoʻshilish joyida suv sarfi 11,4 m³/sek. B. Bosh qorakoʻl kollektori va boshqa kollektorlar suvini Amudaryoga parallel holda qazilayotgan Bosh yigʻuvchi kollektorga oqizish ishlari olib borilmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org