BOSH QO’MONDON
BOSH QO’MONDON — biron bir harbiy harakatlar (masalan, jang operatsiyasi), shuningdek mamlakat qurolli kuchlari tarkibiga kiradigan qo’shin turlariga qo’mondonlik qiluvchi oliy harbiy mansabdor shaxs. Ba’zi mamlakatlarda qurolli kuchlarning ayrim turlari bo’yicha: 1) strategik raketa qo’shinlari; 2) quruqlikdagi qo’shinlar; 3) harbiy havo kuchlari qo’shinlari; 4) harbiy dengiz kuchlari; 5) havo hujumidan mudofaa qo’shinlarining Bosh qo’mondoni bor. O’rta asrlardagi Islom mamlakatlaridagi Amir ulumaro, sipohsolor lavozimlari Bosh qo’mondonga mos keladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz