BOSH QAYIR KOLLEKTORI



BOSH QAYIR KOLLEKTORI — Sirdaryo viloyatida qurilgan kollektor. Mirzacho’lning eski sugoriladigan zonasida suv yig’adigan asosiy kollektorlardan biri (Sho’ro’zak kollektori bilan birga). Bosh qayir kollektori Sirdaryo bilan Do’stlik kanalidan chiqarilgan o’ng tarmoq kanali oralig’ida joylashgan 57,6 ming gektar dehqonchilik qilinadigan maydonlardagi sizot suvlari va tashlama suvlarni chiqarib tashlaydi. Sirdaryoga parallel holda Krestyanok posyolkasi yaqinidan boshlanadi. Umumiy uzunligi 69,3 kilometr, quyilish joyidagi suv sarfi 11,4 metr kub/sekund. Bosh qayir kollektori suvi Chinoz shahri yaqinida Sirdaryoga quyiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz