Bosh Og`rig`i




Bosh ogʻrigʻi — boshda ogʻriq sezish; turli xastaliklarning eng koʻp uchraydigan belgilaridan biri. Bosh yoki miya pardalari va tomirlaridagi nerv oxirlarining taʼsirlanishi tufayli kelib chiqadi. Qattiq charchash, shamollash, asabiylashish holatlari, burun yondosh boʻshliqlarining kasalliklari, gipertoniya, miyada qon aylanishining buzilishi yoki unda oʻsma paydo boʻlishi, yuqumli kasalliklar, ichki aʼzolar kasalliklari, zaharlanish va boshqa Bosh ogʻrigʻi ga sabab boʻladi. Tomirlar kasalliklarida bosh oʻqtinoʻqtin ogʻrib, kishi kattik charchaganda, spirtli ichimliklar ichganda, koʻp chekkanda, shuningdek shovqinsuron, noxush hid, ravshan yorugʻlik taʼsir etganda kuchayadi. Gipertoniya kasalligi bilan ogʻrigan bemorlar uxlab turganidan keyin boshida ogʻirlik sezadi va ensasi tortishib ogʻriydi. Odatda, shamollatilgan xonada uxlaganda va ertalab yengil mashqlar kilganda ogʻriq kamayadi. Migren Bosh ogʻrigʻi ning bir shakli boʻlib, unda boshning oʻng yoki chap yarmi tutibtutib ogʻriydi. Osteoxondroza" bosh muskullari taranglashganda, ish vaqtida, oʻqiganda boshni notoʻgʻri tutish natijasida boʻyin muskullari zoʻriqishi oqibatida ham bosh ogʻriydi. Xira yorugʻda oʻqibyozganda koʻzga zoʻr kelishi, koʻz kasalligi, mas, glaukoma ham Bosh ogʻrigʻi ga sabab boʻlishi mumkin. Doim bosh ogʻrib tursa, bemor sinchiklab tekshirilishi va Bosh ogʻrigʻi sababi aniqlangandan soʻng vrach nazoratida davolanishi lozim.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz