BOSH MUG’ON KANALI
BOSH MUG’ON KANALI — Ozarbayjonning mug’on tekisligi (Mug’on Dashti) dagi sug’orish kanali. Arake daryosidan boshlanadi. Uzunligi 30,9 kilometr. Suv o’tkazish imkoniyati bosh qismida 58 m3/s. 1960 yilda ishga tushirilgan. 100 ming gektar ekin maydoni (asosan paxtazorlar) ni sug’oradi. Kanalda mahalliy ahamiyatga ega GES bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz