Bos Jagdish Chandra




BOS (Bose) Jagdish Chandra (1858.30.11, Bengaliya — 1937.23.11, Giridix, Bengaliya) — hind fiziologi va biofizigi. Kalkutta prezident kolleji professor Hozir uning nomi bilan ataladigan Kalkutta ilmiy tadqiqot instituti (1917) asoschisi va direktori. P. N. Lebedev bilan bir vaqtda mm va sm diapazonli elektromagnit toʻlqinli generator konstruksiyasini ishlab chiqqan; generator yordamida elektromagnit toʻlqinlari xususiyatlari va ularning oʻsimliklarga taʼsirini oʻrgangan. Bu tadqiqotlar yorugʻlikning elektromagnitlik xususiyatini tasdiklash uchun asos boʻlgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz