BORVODORODLAR



BORVODORODLAR, bor gidridlari, boranlar — bornit vodorod bilan hosil qilgan birikmalari; rangsiz, qo’lansa hidli va juda zaharli moddalar. Molekulasida 2 dan 20 gacha bor atomi bo’lgan Borvodorodlar ma’lum. Xusrav II Parviz saroyida ud chalayotgan Borbad (Firdavsiy “Shohnoma”siga ishlangan miniatyura, 1664 yil) Eng oddiysi — VN3 erkin holda mavjud emas. Borvodorodlar elektrontanqis birikmalardir, ya’ni hamma atomlarni qush elektronli oddiy bog’lar bilan biriktirish uchun yetarli elektronlari yuq. Quyi Borvodorodlar — diboran V2N6 bilan tetraboran V4N|0 — gaz, pentaboran V5N, bilan geksaboran V5N]0 — suyuqlik, yuqori Borvodorodlar — dekaboran V|0N|4 va boshqalar — qattiq moddalardir. 700° dan yuqori temperaturada Borvodorodlar bor bilan vodorodga ajraladi. Borvodorodlar yonganda boshqa birikmalarga nisbatan ko’proq issikushk beradi, shuning uchun istiqbolli raketa yoqilg’isi sifatida diqqatga sazovor. Diboran oddiy bor olish va metallarga qoplash uchun ishlatiladi. Ba’zi Borvodorodlardan issiqqa chidamli polimerlar olish mumkin. Borvodorodlarning metalli hosilalari borgidridlar deb ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz