Borusiy




Abulhusayn Borusiy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Nishopur yaqinidagi Borus qishlogʻida tugʻilgan. Nishopur tasavvuf maktabining ilk namoyandasi. Kunyasi Abu Imron. Borusiy Hamdun Qassorning ustozi, duosi mustajob boʻladigan zotlar toifasidan boʻlgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz