Bortvik qal’asi




Bortvik qal’asi ― oʻrta asrlardagi Shotlandiyaning eng yirik qal’alaridan biridir. U Edinburgdan 12 milya (19 km) janubi-sharqda, Bortvik qishlogʻidan sharqda joylashgan. U 1430-yilda ser Uilyam Bortvik uchun qurilgan boʻlib, uning nomidan qal’a nomini oladi.

Tarixi




Keyinchalik 1-Lord boʻlgan ser Uilyam Bortvik 1430-yil 2-iyunda qirol Jeyms Idan qalʼani qurish uchun litsenziya oladi. Bu Shotlandiya uchun gʻayrioddiy edi, chunki zodagonlar qal’a qurish va uni mustahkamlash uchun ruxsat olishlari shart emas edi. U yerning katta qismini qoʻshnisi Uilyam Xeydan sotib oladi, u bundan norozi boʻlib, qoʻshnisining qal’asiga havas qiladi. Bu dastlab devorlari qalinligi 14 fut (4,3 m) va balandligi 110 fut (34 m) gacha boʻlgan tosh qal’a edi. Dizayni U shaklidagi qal’a boʻlib, proektsion, biroz assimetrik minoralar orasidagi masofa 12 fut (3,7 m) boʻlgan.

Bortvik qasriga 1563 va 1567-yillarda Shotlandiya qirolichasi Meri ikki marta tashrif buyurgan. Oxirgi marta u va uning yangi eri Jeyms Xepbern, Botvellning 4-grafi, 6-Lord Bortvik himoyasi ostida ichkarida qamal qilingan edi. Qal’aning qamalidan qochib, Mariya sargardon qiyofasida qal’ani tark etadi. Biroq, malika tez orada hibsga olinadi va Lochleven qal’asiga olib ketiladi va u yerda asirga olinadi. Bothwell Shotlandiya orollaridagi Orkneyga, soʻngra oʻsha paytda Daniya hukmronligi ostida boʻlgan Norvegiyaga qochib ketadi. Daniya qiroli uni Malmyoda, keyinroq Zelandiyadagi Dragsholmda qamoqqa tashladi va u yerda 1578-yilda vafot etadi. Uning mumiyalangan jasadi yaqin atrofdagi Faarvaldagi cherkovda saqlanadi.

1650-yilda qal’a Oliver Kromvel qoʻshinlari tomonidan hujumga uchraydi va bir nechta toʻpdan oʻq uzilganidan keyin taslim boʻladi.

Qal’a 1914-yilga kelib qayta tiklanadi. Ikkinchi jahon urushi paytida u milliy boyliklarni yashiradigan joy sifatida ishlatilgan. 1973-yilda u Bortvik klanidan ijaraga olingan va eksklyuziv ijara joyiga aylantirilgan. 2013-yil iyun oyida qal’a ulkan taʼmirlash uchun yopiladi va 2015-yil sentabr oyida tadbir oʻtkaziladigan joy sifatida qayta ochiladi.

Qal’aning tasviri




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz