BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI
BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI — suv osti va suv usti kemalari, aerodinamik va kosmik uchish apparatlari bortiga o’rnatiladigan hisoblash qurilmasi yoki hisoblash mashinalari majmui. U harakatlanayotgan ob’yektga (masalan, suv osti kemasiga) tashqaridan uzatiladigan hamda bortdagi radiolokasion, radiotexnik, optik va boshqa tizimlardan keladigan turli axborotlarni ishlab chiqadi. Bu axborotlar ob’ektni va uning bortidagi tizimlarni boshqarish, ekipaj a’zolarining sog’ligini va bortdagi tizimlarining ishga yaroqliligini nazorat qilib turish uchun zarur bo’ladi. Bortdagi hisoblash mashinasi tezkor qurilma bo’lib, 1 sekundda bir necha o’nlab ming amalni bajara oladi. Bortdagi hisoblash mashinasi sifatida elektron raqamli hisoblash mashinasi va ba’zan, gibrid hisoblash tizimiayan foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz