BORSAKELMAS QO’RIQXONASI
BORSAKELMAS QO’RIQXONASI — Orol dengizining Borsakelmas orolidagi qo’riqxona. Qozog’iston Respublikasi Qizilo’rda viloyatida. 1939 yilda tashkil etilgan. Maydoni 20 ming gektar. Saksovulzorlar va yulg’unzorlar bor. Orolda sayg’oq, jayran kadimdan yashab kelgan, lekin ko’plab ovlanishi natijasida qirilib ketgan. 1939-50 yillarda Borsakelmas qo’riqxonasiga Betpakdala va Sarisuv atroflaridan erkak va urg’ochi sayg’oqlar, 1950 yilda Qoraqalpog’istondan jayranlar, 1953 yilda Bodxiz qo’riqxonasi (Turkmaniston) dan qulonlar keltirilgan. Hayvonlar Orol sharoitiga moslashib, ko’payib bormoqda. Borsakelmas qo’riqxonasi tashkil etilgandan boshlab, sayg’oq, jayran, qulon, qirg’ovul va boshqalarning ekologik sharoitlarini o’rganish va ularni ko’paytirish sohasida tadqiqotlar olib boriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz