BORSAKELMAS BOTIG’I
BORSAKELMAS BOTIG’I — Shimol Ustyurt platosidagi botiq. Shimolda Oqtumshuq, Janubda Markaziy Ustyurt ko’tarilmalari, sharkda Olambek guruhidagi bukilmalar, g’arbda Yorqinboy monoklinal ko’tarilmasi bilan chegaralangan. Shimoli g’arbda som botig’i bilan tutashgan. Janubi sharqdan shim.g’arbga cho’zilgan. Uzunligi 200 kilometr, eni 150 kilometr. Botiqda paleozoy yotqiziqlari 6000 — 7000 metr, mezokaynozoy yotqiziqlari 4500 — 5000 metr chuqurliqda joylashgan. Borsakelmasningning g’arbida ag’ini bukilmasi, shimolda Quvanish bukilmasi bor. Quvanish bukilmasida 3000 metrdan ziyod chuqurlikda gaz konlari topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz