Borsakelmas
Borsakelmas — Orol dengizining shimoliy gʻarbiy qismidagi orol. Qozogʻistonning Kiziloʻrda viloyatida. Uz. 27 km, eni gʻarbda 11,5 km, sharkda 2,5 km. Maydoni 133 km² (1961). Qirgʻoqlari asosan tekis, past, janubiy qirgʻogʻi bir oz baland va qoyali. Yer yuzasi tepalik va soyliklardan iborat pasttekislik. Aksari qismining balandligi 100 m, eng baland joyi 113 m. B. da doimiy va muvaqqat koʻllar, sohilida shoʻr koʻllar uchraydi. Orolning shimoliy yarmi qumli pasttekislik, unda qum tepalari va taqirlar koʻp. Borsakelmas asosan paleogen (yuqori eotsen) ning mergelli va qumli gillari hamda kvarsli qumlaridan, janubiy eng baland qismi quyi va oʻrta oligotsenning gil, alevrit va qumtoshlaridan tashkil topgan. Orolning shimoliy va sharqining gil yotqiziqlari ustini golotsenning choʻkindi jinslari qoplagan. Iqdimi kontinental; iyulning oʻrtacha temperaturasi 26°, yanvarniki — 11°, oʻrtacha yillik yogʻin 120–160 mm. Borsakelmas da koʻproq boʻzqoʻngʻir tuproqlar, taqirli tuproqlar, shoʻrxoklar tarqalgan. Siyrak choʻl oʻsimliklari, koʻproq shuvoq, shoʻra, burgan, shoʻrtob va shoʻrxok yerlarda qiyoq, qamish oʻsadi, ondasonda saksovulzorlar uchraydi. Qumli yerlarda qizilcha, kauchukli xondrilla, yantoq, yovvoyi suli oʻsadi. Bahorda qoʻngʻirbosh, lola, bugʻdoyiq, ravoch kabi efemer oʻsimliklar oʻsadi. B. da sut emizuvchilarning 13 turi, parrandalarning 202 turi, sudralib yuruvchilarning 8 turi yashaydi. Shuningdek xos hayvonlardan qoʻshoyoq, olaxurjun, yumronqoziq, saygʻoq, jayran, qulon, tulki, tipratikan, dumaloqbosh kaltakesak, zaharli qalqontumshuq ilon, chiporilon, suvilon, parrandalardan bulduriq, yilqichi, suv burgutlari, miqqiy, toʻrgʻay, qarqunoq, qargʻa, zogʻcha, chumchuqlar bor. Toʻqayzorlarda oʻrdak, loyxoʻrak, baliqchi qushlar, dengiz boʻyida qoravoylar galagala boʻlib yashaydi. B.da oʻsimlik va hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish maqsadida 1939-yilda Borsakelmas qoʻriqxonasi tashkil etilgan. 1961-yildan eʼtiboran dengiz sathining pasayishi natijasida orolning maydoni kengayib bormoqda, hozirda u quruqlik bilan tutashdi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Borsakelmas — O‘zbekiston hududida tarqalgan o‘simlik bo‘lib, asosan dorivor o‘suvchi o‘tlar oilasiga mansub. Bu o‘t o‘simliklari o‘zining xalq tabobatida qo‘llanilishi bilan mashhurdir. O‘zbekistonda borsakelmas xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi, ayniqsa, oshqozon-ichak yo‘llari, teri kasalliklari va yallig‘lanishlarda qo‘llanadi.
Borsakelmas o‘simligi odatda mayda barglarga ega bo‘lib, uning gullari kichkina va kamdan-kam hollarda ochiq ranglarda bo‘ladi. Ushbu o‘simlikning ildizlari va barglari dori sifatida ishlatiladi. Borsakelmasdan tayyorlangan choy yoki sirop ko‘pincha ich qotishi, yallig‘lanish va boshqa oshqozon muammolarida ichiladi.
Shuningdek, borsakelmasning tarkibida turli foydali moddalari mavjud bo‘lib, ular antioksidant xususiyatga ega va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. An’anaviy tibbiyotda borsakelmas ekstrakti ba’zan og‘riqni kamaytirish va shamollash belgilarini yengillashtirish uchun ham ishlatiladi.
Borsakelmasning boshqa nomlari ham mavjud bo‘lib, ular o‘z hududiga qarab farqlanadi. Borsakelmasni yig‘ishda va saqlashda e’tibor berish kerak, chunki noto‘g‘ri foydalanilishi nojo‘ya ta’sirlarga olib kelishi mumkin.
Umuman olganda, borsakelmas o‘zbek xalqining an’anaviy tibbiyotida qadrlanadigan o‘simliklardan biridir va tabiat shifosi sifatida ko‘plab kasalliklarda ishlatiladi. Borsakelmasdan foydalanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.