BORSAKELMAS



BORSAKELMAS — Orol dengizining shimoli g’arbiy qismidagi orol. Qozog’istonning Qizilo’rda viloyatida. Uzunligi 27 kilometr, eni g’arbda 11,5 kilometr, sharqda 2,5 kilometr. Maydoni 133 kilometr kvadrat (1961). Qirg’oqlari asosan tekis, past, Janub qirg’og’i bir oz baland va qoyali. Yer yuzasi tepalik va soyliklardan iborat pasttekislik. Aksari qismining balandligi 100 metr, eng baland joyi 113 metr. Borsakelmasda doimiy va muvaqqat ko’llar, sohilida sho’r ko’llar uchraydi. Orolning shimol yarmi qumli pasttekislik, unda qum tepalari va taqirlar ko’p. Borsakelmas oroli asosan paleogen (yuqori Eosen) ning mergelli va qumli gillari hamda kvarsli qumlaridan, Janub eng baland qismi quyi va o’rta oligosenning gil, alevrit va qumtoshlaridantashkiltopgan.Orolning shimol va Sharqining gil yotqiziqlari ustini golosenning cho’kindi jinslari qoplagan. Iqdimi kontinental; iyulning o’rtacha temperaturasi 26°, yanvarniki — 11°, o’rtacha yillik yog’in 120-160 millimetr. Borsakelmas oolida ko’proq bo’zqo’ng’ir tuproqlar, taqirli tuproqlar, sho’rxoklar tarqalgan. Siyrak cho’l o’simliklari, ko’proq shuvoq, sho’ra, burgan, sho’rtob va sho’rxok erlarda qiyoq, qamish o’sadi, ondasonda saksovulzorlar uchraydi. Qumli yerlarda qizilcha, kauchukli xondrilla, yantoq, yovvoyi suli o’sadi. Bahorda qo’ng’irbosh, lola, bug’doyiq, ravoch kabi efemer o’simliklar o’sadi. Borsakelmasda sut emizuvchilarning 13 turi, parrandalarning 202 turi, sudralib yuruvchilarning 8 turi yashaydi. Shuningdek xos hayvonlardan qo’shoyoq, olaxurjun, yumronqoziq, sayg’oq, jayran, qulon, tulki, tipratikan, dumaloqbosh kaltakesak, zaharli qalqontumshuq ilon, chiporilon, suvilon, parrandalardan bulduriq, yilqichi, suv burgutlari, miqqiy, to’rg’ay, qarqunoq, qarg’a, zog’cha, chumchuqlar bor. To’qayzorlarda o’rdak, loyxo’rak, Baliqchi qushlar, dengiz bo’yida qoravoylar galagala bo’lib yashaydi. Borsakelmasda o’simlik va hayvonlarni saqlash va ko’paytirish maqsadida 1939 yilda Borsakelmas qo’riqxonasi tashkil etilgan. 1961 yildan e’tiboran dengiz sathining pasayishi natijasida orolning maydoni kengayib bormoqda, hozirda u quruqlik bilan tutashdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz