BORROMINI



BORROMINI, Borromino (Borromini), asli Kastelli Franchesko (1599.25.9, Bissone, Shveytsariya — 1667. 3.8, Rim) — italyan me’mori. Barokko namoyandasi. Mumtoz orderlardan erkin foydalanib, yangi bezak qismlarini tanlab, bino tarzi tuzilishini va qurilish rejalarining murakkab shakllarini yaratgan. Asosiy ishlari: Rimda bunyod etilgan Sankarlo alle Kuatro Fontane (1634-67), Sant— Ivo alla Sapientsa (1642-60), Sant— Andrea delle Fratte (1656; tarzi — 1816) cherkovlari, Sant—Aneze in Agone cherkovining tarzi (1653— 55), Barberini (1625-63) va Falkoneri (1639-41) saroylari va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz