BOROXORO



BOROXORO — Xitoy g’arbidagi tog’ tizmasi, g’arbiy uchi Qozog’iston hududida. Sharqiy Tyanshan tog’ tizimiga kiradi. Ili daryosi bilan Ebi Nur ko’li havzalari o’rtasida. Uzunligi 250 kilometr. Balandligi 4359 metrgacha. Kristall va metomorfik tog’ jinslaridan tuzilgan. Yon bag’irlarida 1800 metr balandlikkacha tog’ dashtlari, 2800 metrgacha qoraqarag’ay o’rmonlari, eng yuqorisida Alp o’tloqlari bor, cho’qqilari doim qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz