BOROVSKIY PYOTR FOKICH 11863.27.5 (8.6) — 1932. 15.12] — jarroh va parazitolog, O’zbekistonda o’lka patologiyasi asoschilaridan biri; tibbiyot fanlari Doktori (1891), professor (1920), Mehnat Qahramoni (1927). Toshkent harbiy gospitalida jarroh va bakteriologik laboratoriya boshlig’i (1892-1910), qizil yarim oy jamiyati kasalxonasida jarroh. (1910-20), 1920 yildan umrining oxirigacha O’rta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakulteti jarrohlik kafedrasining mudiri bo’lgan. Tibbiyot fani tarixida birinchi bo’lib (1898) yomon jarohat (leyshmanioz) mikrobini topgan. Qovuqqa chok solish (tikish)ning yangi usulini taklif qilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish