Bororganik Birikmalar




Bororganik birikmalar — bor atomining organik radikallar bilan hosil qilgan birikmalari. Bororganik birikmalar ga RB(OH)2 va R2B(OH) (bu yerda R alifatik, alitsiklik va aromatik oʻrinbosarlar va ularning funksional hosilalari) koʻrinishdagi bororganik kislotalar hamda RBH2, R2BH va R,B kabi moddalar kiradi. Bororganik birikmalar ikki xil yoʻl bilan: 1) litiy va magniyorganik birikmalarga borat kislota efirlari va bor galogenidlar taʼsir ettirib; 2) tuyinmagan uglevodorodlarni gidroborlab olinadi. Bororganik birikmalar reaktiv dvigatellar uchun yoqilgʻi sifatida ishlatadigan borgidridlar olishda, toʻyinmagan birikmalarni polimerlashda katalizator sifatida, surkov moylariga qoʻshimcha sifatida va azoboʻyoqlar tayyorlashda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz