BORORGANIK BIRIKMALAR
BORORGANIK BIRIKMALAR — bor atomining organik radikallar bilan hosil qilgan birikmalari. Bororganik birikmalarga RB(OH)2 var2b(OH) (bu yerlar alifatik, alisiklik va aromatik o’rinbosarlar va ularning funktsional hosilalari) ko’rinishdagi bororganik kislotalar hamda RBH2, R2BH va R, B kabi moddalar kiradi. Bororganik birikmalar ikki xil yo’l bilan: 1) litiy va magniyorganik birikmalarga borat kislota efirlari va bor galogenidlar ta’sir ettirib; 2) tuyinmagan uglevodorodlarni gidroborlab olinadi. Bororganik birikmalar reaktiv dvigatellar uchun yoqilg’i sifatida ishlatadigan borgidridlar olishda, to’yinmagan birikmalarni polimerlashda katalizator sifatida, surkov moylariga qo’shimcha sifatida va azobo’yoqlar tayyorlashda qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz