BO’RONOV QO’RG’ON



BO’RONOV QO’RG’ON (1925.25.10, Chimkent) — faylasuf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1985), falsafa fanlari Doktori (1981), professor (1982). 2-jahon urushi qatnashchisi. O’rta Osiyo davlat untining tarix fakultetini (1950) tugatgan. 1956-90 yillarda Toshkent oliy partiya maktabida o’qituvchi, dotsent, dekan, kafedra professor, kafedra mudiri. ToshDU tabiiy fakultetlarning falsafa kafedrasi katta ilmiy xodimi (1971-73). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa kafedrasi professor (1981— 84). Siyosatshunoslik va boshqaruv instituti professor (1990-92). Ilmiy ishlari ma’naviy madaniyat taraqqiyotining umumfalsafiy masalalari, gumanizm va madaniyatning o’zaro bog’liqligi, milliy munosabatlar va milliy madaniyatlar rivojlanish dialektikasi muammolariga bag’ishlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz