Bo‘ronov Jamoliddin




Jamoliddin Boʻronov (1933.10.9, Shahrixon tumani) — tilshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989). Filol. fanlari doktori (1981), professor (1983). Andijon ped. bilim yurtini (1952), Toshkent chet tillar pedagogika institutini (1956) tugatgan. Shu institutda oʻqituvchi (1956 — 57), katta oʻqituvchi, dekan oʻrinbosari (1961—62), dotsent, kafedra mudiri (1962—68; 1970-84), rektori (1984—1992-yil 15-may). 1992-2002-yillar Oʻzbekiston jahon tillari universiteti rektori. 2002-yildan shu universitetning tillar tipologiyasi, germanistika va ingliz tili tarixi kafedrasi mudiri. Buning asosiy ilmiy ishlari ger-man va turkiy tillarning diaxronik hamda sinxronik rivojidagi oʻziga xoyeliklarni tipologik tahlil qilishga, german va turkiy tillar leksikografiyasi masalalariga bagishlangan. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz