Boronatrokaltsit




Uleksit , boronatrokaltsit — suvli boratlarning kichik sinfiga mansub mineral. NaCa[B5O9]8H2O. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi oq, ipakdek yoki shishasimon yaltiraydi. Shaffof, yorugʻlik oʻtkazish xususiyatiga ega. Qattikligi 1—2,5, zichligi 1,9—2 g/sm5. Moʻrt, issiq suvda eriydi. Xemogen — choʻkindi genezisga ega, gipergen mineral singari koʻllardagi choʻkindilarda uchraydi. Bor rudasi. Konlari Rossiya Federatsiyasi (Inder), AQSH (Nevada), Argentina, Chili va Xitoyda mavjud.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz