BORONALASH



BORONALASH, borona bosish — tuproqni yuza yumshatish va ekinni parvarish qilish usullaridan biri. Boronalash erta ko’klamda yer haydalgandan keyin, ekishdan oldin o’tkaziladi. Boronalash haydalgan yer betini yumshatish, tekislash, kesak va palaxsalarni maydalash, qatqaloqni buzish, urug’ni ko’mish (urug’ yer betiga sepilganda), mineral o’g’itni tuproqqa aralashtirish, o’simliklarni parvarish qilish — ko’p yillik o’t va kuzgi g’alla ekinlari maydonini erta bahorda yumshatish maqsadida utkaziladi. Tuproqning fizik holati va granulometrik tarkibiga qarab Boronalash 5-8 santimetr chuqurlikda o’tkaziladi. Boronalash tuproq kapillyarlarini buzadi, uni qurib qolishdan sakdaydi, tuproqning suv o’tkazuvchanligi hamda havo almashinishini yaxshilaydi, mikrobiologik jarayonlarni tezlashtiradi, o’simliklar o’zlashtiradigan moddalarni tuplash uchun sharoit yaratadi, bir yillik begona utlarni yo’qotadi, ko’p yilliklarini ildizi bilan yer betiga tirmalab chiqarib, yig’ishtirib olishni yengillashtiradi. Boronalashda turli xildagi boronalar qo’llaniladi. Takroriy va oraliq ekinlar ekish uchun erni tayyorlashda Boronalash shudgorlash bilan bir vaqtda tuproqdagi namni ko’proq saklab qolish uchun o’tkaziladi; tuproqni yaxshi yumshatish maqsadida haydash iziga diagonal yoki ko’ndalang boronalanadi. Bunda tuproqning ustki (8—yusm) qavati yumshab, yer betiga ko’tarilishi kamayadi, ko’karayotgan begona o’t quriydi. Boronalash samaradorligining eng asosiy shartlaridan biri — borona usullarini to’g’ri tanlash hamda uni o’tkazish vaqtidir. Tuproqning maydalanish (uvalanish) darajasi boronalash tezligi va yo’nalishiga bog’liq. Paykal uzunasiga ko’ra diagonal yoki ko’ndalang boronalanganda yer yaxshi tekislanadi. Boronalash sifati tuproqning kam kukunlanishi, yetarli darajada yumshatilishi va shudgor sathining tekislanishi, qiytiq yerlarning yo’qligiga qarab belgilanadi. Abdurahim Ermatov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Boronlash haqida batafsil ma'lumot

Boronlash – bu kimyoviy element boron (B) ning materiallarga, xususan, po‘lat va boshqa metallarga qo‘shimcha qilinishi orqali ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini yaxshilash jarayonidir. Boronlash metallurgiya, materialshunoslik va sanoat jarayonlarida keng qo‘llaniladi.

Boronlashning mohiyati

Boron – metallarga nisbatan kichik miqdorda qo‘shiladigan element bo‘lib, u metallarning mustahkamligi, qattiqligi, chidamliligi va eskirishga qarshiligini oshiradi. Po‘latga qo‘shilganda boron uning o‘ziga xos mikrostrukturasini o‘zgartiradi va quyidagi jarayonlar yuz beradi:

Boronlash usullari

Boronlash bir necha usul bilan amalga oshiriladi:

  1. Qattiq eritilgan boron qo‘shish – aralashma yoki qotishma shaklida metallarga boron qo‘shish.
  2. Yuzaga boron qoplama – po‘lat yoki boshqa materiallarning sirtiga boron asosidagi qoplamalarni yumshoq yoki qattiq usulda yopishtirish (plazma boronlash, kimyoviy bug‘ keyingi depolyatsiya (CVD) va boshqalar).
  3. Termik davolash vaqtida boronlash – po‘latlarni issiq haroratda boronli gaz yoki qattiq molekulalar mavjud muhitda ishlash.

Boronlash natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlar

Boronlashning ahamiyati

Xulosa

Boronlash metallurgiyada materiallarning sifatini yaxshilash va ularni muayyan sharoitlarda saqlashga yordam beruvchi muhim jarayondir. Kam miqdordagi boron ham materiallarning o‘ziga xos xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.


Agar boronlashning konkret usullari, kimyoviy reaksiyalari yoki sanoatdagi qo‘llanilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot kerak bo‘lsa, so'rang, batafsil tushuntirib beraman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz