Borona Bosish
Boronalash , borona bosish — tuproqni yuza yumshatish va ekinni parvarish qilish usullaridan biri. B. erta koʻklamda yer haydalgandan keyin, ekishdan oldin oʻtkaziladi. B. haydalgan yer betini yumshatish, tekislash, kesak va palaxsalarni maydalash, qatqaloqni buzish, urugʻni koʻmish (urugʻ yer betiga sepilganda), mineral oʻgʻitni tuproqqa aralashtirish, oʻsimliklarni parvarish qilish — koʻp yillik oʻt va kuzgi gʻalla ekinlari maydonini erta bahorda yumshatish maqsadida utkaziladi. Tuproqning fizik holati va granulometrik tarkibiga qarab B. 5—8 sm chuqurliqda oʻtkaziladi. B. tuproq kapillyarlarini buzadi, uni qurib qolishdan sakdaydi, tuproqning suv oʻtkazuvchanligi hamda havo almashinishini yaxshilaydi, mikrobiologik jarayonlarni tezlashtiradi, oʻsimliklar oʻzlashtiradigan moddalarni tuplash uchun sharoit yaratadi, bir yillik begona utlarni yoʻqotadi, koʻp yilliklarini ildizi bilan yer betiga tirmalab chiqarib, yigʻishtirib olishni yengillashtiradi. B. da turli xildagi boronalar qoʻllaniladi. Takroriy va oraliq ekinlar ekish uchun yerni tayyorlashda B. shudgorlash bilan bir vaqtda tuproqdagi namni koʻproq saklab qolish uchun oʻtkaziladi; tuproqni yaxshi yumshatish maqsadida haydash iziga diagonal yoki koʻndalang boronalanadi. Bunda tuproqning ustki (8—Yusm) qavati yumshab, yer betiga koʻtarilishi kamayadi, koʻkarayotgan begona oʻt quriydi. B. samaradorligining eng asosiy shartlaridan biri — borona usullarini toʻgʻri tanlash hamda uni utkazish vaqtidir. Tuproqning maydalanish (uvalanish) darajasi boronalash tezligi va yoʻnalishiga bogʻliq. Paykal uzunasiga koʻra diagonal yoki koʻndalang boronalanganda yer yaxshi tekislanadi. B. sifati tuproqning kam kukunlanishi, yetarli darajada yumshatilishi va shudgor sathining tekislanishi, qiytiq yerlarning yoʻqligiga qarab belgilanadi.
Abdurahim Ermatov.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org