BO’RON O’LCHAGICH



BO’RON O’LCHAGICH — kuchli shamol (bo’ron, po’rtana) tezligini o’lchaydigan asbob. Bo’ron o’lchagich sifatida Usimon manometrga ulangan ikkita (dinamik va statik) Pito naychasidan iborat asbob, shuningdek ko’p kosachali anemograf ishlatiladi. Anemografning sezgir elementi metall naychaga mahkamlangan 10-21 kosachalar tizimidan iborat. Havo oqimi ta’sirida kosachalarning qavariq va botiq tomonlarida aerodinamik qarshiliklar farqi hosil bo’ladi; natijada burovchi moment vujudga keladi va naychani deformatsiyalaydi. Naycha tenzodatchikka, u esa o’lchash ko’prigiga mahkamlangan. Bu asbobda 90 metr/sekundgacha tezlikda esayotgan shamol tezligini o’lchash mumkin. Bo’ron o’lchagich: ko’p kosachali anemografning qabul qiluvchi qismi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz