BORODIN ALEKSANDR PORFIREVICH



BORODIN ALEKSANDR PORFIREVICH [1833.31.10(12.11) —Peterburg 1887.15 (27).2 ] — rus kompozitori va kimyogar olim. Tibbiyot Doktori (1858), professor (1864). Rossiya Tibbiyot-jarrohlik akademiyasi akademik (1877). Peterburgda ochilgan shifokor ayollar kursi (1872-87) ning tashkilotchilaridan biri. Borodinning musiqa asarlarida ulug’vorlik, Vatanga muhabbat, erksevarlik g’oyalari teran ifodalangan. Kamer— cholg’u (2 ta kvartet, fortepiano kvinteti va boshqalar), kamer—vokal (romans, hajviy qo’shiqlar kabi) va boshqa asarlar muallifi. “Bahodirlik” (ikkinchi) simfoniyasi (1867), “Knyaz Igor” operasi (1890 yilda N. Rimskiy — Korsakov va A. Glazunovlar nihoyasiga etkazgan) Borodin ijodining cho’qqisidir. Borodinning ayrim asarlari (shu jumladan, “O’rta Osiyoda” simfonik manzarasi, “Knyaz Igor” operasi)da Sharq xalqlari musiqasining ta’siri yaqqol sezilib turadi. “Knyaz Igor” operasi dastlab Toshkent rus opera teatri (1922 yildan), keyinchalik Navoiy nomidagi opera va balet teatri repertuaridan mustahkam o’rin olgan. Borodin kumush nitratlarga brom ta’sir ettirib, brom almashgan yog kislotalari olishning original usulini ishlab chiqqan (1861), birinchi bo’lib f-torli birikma — benzoil f-toridni olgan (1862). Aldegidlarni zichlashtirish sohasidagi tadqiqotlari (1863— 74) muhim ahamiyatga ega. U aldol kondensatlanish reaktsiyasini kashf etgan; sirka aldegidni zichlashtirib, aldol olgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz