Bornit




Bornit (nemis mineralogi I. Born nomi bilan atalgan) — mineral. Kimyoviy formulasi Cu3FeS4. Yuqori va past haroratli xili bor. Singoniyasi kub (yuqori haroratli B.) va tetragonal (past haroratli B.). Yaxlit zich holatda koʻpincha shaklsiz donachalar shaklida uchraydi. Rangi qizgʻishkoʻngʻir, qoʻngʻirsariq. Oksidlanganda havorang, koʻk rangga oʻtadi. Tarkibida 52—65% mis va 8—12 % temir boʻladi. Metallsimon yaltiraydi. Kdggikligi 3. S ogʻ. 4,9—5,1. Elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. B. gidrotermal yertomirlarida, galenit, sfalerit, xalkozin piritlar bilan birga uchraydi. Oksidlanish natijasida B. dan malaxit, azurit, kuprit va boshqa minerallar hosil boʻladi. Ural, Janubiy Kavkaz, Qozogʻiston, Oʻzbekistonda Qurama (Qalmoqqir), Hisor togʻlaridagi mis konlarida, chet elda Germaniya (Mansfeld), AQSH (Byuti) va Jan.gʻarbiy Afrikada topilgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz