BORNIT (nemis mineralogi I. Born nomi bilan atalgan) — mineral. Kimyoviy formulasi Cu3FeS4. Yuqori va past haroratli xili bor. Singoniyasi kub (yuqori haroratli Bornit) va tetragonal (past haroratli Bornit). Yaxlit zich holatda ko’pincha shaklsiz donachalar shaklida uchraydi. Rangi qizg’ishqo’ng’ir, qo’ng’irsariq. Oksidlanganda havorang, ko’k rangga o’tadi. Tarkibida 52-65% mis va 8-12 % temir bo’ladi. Metallsimon yaltiraydi. Qattiqligi 3. Sof og’irligi 4,9— 5,1. Elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Bornit gidrotermal ertomirlarida, galenit, sfalerit, xalkozin piritlar bilan birga uchraydi. Oksidlanish natijasida Bornitdan malaxit, azurit, kuprit va boshqa minerallar hosil bo’ladi. Ural, Janubiy Kavkaz, Qozog’iston, O’zbekistonda Qurama (Qalmoqqir), Hisor tog’laridagi mis konlarida, chet elda Germaniya (Mansfeld), AQSh (Byuti) va Janubiy g’arbiy Afrikada topilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish