Bornholm jangi (1563)




Bornholm jangi (1563) — Shimoliy yetti yillik urush (1563 – 1570) davridagi ilk dengiz jangi hisoblanadi.

Jang



Ushbu dengiz jangi 1563-yil 30-mayda Bornholm yaqinida boʻlib oʻtdi. Daniya eskadroni Jacob Brockenhuus(1521 – 1577) qoʻmondonligi ostidagi edi va 10 ta kemadan iborat boʻlgan. Shvetsiya eskadroni esa Yakob Bagge (1502 – 1577) qoʻmondonligi ostida va 19 ta kemadan iborat boʻlgan. Ikki flot Bornholm yaqinida bir-biriga duch kelishdi. Brockenhuus faqat uchta kemani jangga olib kirdi. Kemalarning nomlari Gerkules 81 (tugʻdor), Gektor 38 va Xyort 46 boʻlgan. Uch marta oʻq otilgan, oʻqlardan bir donasi shved kemasiga tegdi. Soʻngra Shvetsiyakuchlari juda tezlik bilan Daniya kemalarini qurshab oldi va ularga hujum qildi. 4 soatlik jangdan soʻng kemalarning uchchalasini ham qoʻlga oldi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz