Born Pink




„Born Pink“ — Janubiy Koreyaning „Blackpink“ qizlar guruhining ikkinchi studiyaviy albomi boʻlib, 2022-yil 16-sentabrda „YG Entertainment“ kompaniyasi va „Interscope Records“ studiyasi orqali chiqarilgan. Singl guruhning 2020-yildagi „The Album“ albomidan keyingi birinchi toʻliq metrajli rekordini belgilab bergan. Pop janridagi albom sifatida taʼriflangan „Born Pink“ tanqidchilarning ijobiy sharhlariga ega boʻldi.

„Born Pink“ ikkita singl tufayli qoʻllab-quvvatlanib, ularning ikkalasi ham Billboard Global 200 xitparadida birinchi oʻrinni egalladi. Toʻliq chiqishidan oldin „Pink Venom“ singli 10 ta mamlakatning milliy xitparadlarida birinchi oʻrinni egallab, Janubiy Koreyaning Circle Digital Chart roʻyxatida ikkinchi va AQSh Billboard Hot 100 roʻyxatida 22-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Albomning ikkinchi singli „Shut Down“ Yangi Zelandiya va Avstraliya musiqiy chartlarida kuchli oʻntalikka kirdi. Ilgari PUBG Mobile jangovar videooʻyini bilan hamkorlikda promo-singl sifatida chiqarilgan „Ready for Love“ qoʻshgigʻi ham trek roʻyxatiga kiritildi. Albomni targʻib qilish uchun „Blackpink“ oktyabr oyidan boshlab „Born Pink World Tour“ gastrol safarini boshladi.

Tarkibi



„Born Pink“ sakkiz trekli albom boʻlib , hip-hop, pop, disko, ballada, pop-rok va bubblegum pop kabi janrlarni oʻz ichiga oladi Albom „Pink Venom“ — anʼanaviy koreys asboblari elementlarini EDM va pop-rap bilan uygʻunlashtirgan hip hopga asoslangan singli bilan ochiladi. Lirik jihatdan, qoʻshiq Blackpinkning ishonchi va ikki tomonlama oʻziga xosligini yaʼni ham shirin, ham halokatli sifatida ifodalaydi va guruhning xalqaro miqyosdagi mashhurligini oshiradi. Shut Down qoʻshigʻida klassik kompozitsiya boʻlmish „La Campanella“ taronalari aks ettirilgan . „Yeah Yeah Yeah“ treki „The Star“guruhi aʼzosi Park Jun-hee taʼkidlaganidek, „80-yillarning tebranishlarini beruvchi diskoteka uslubidagi kuy 50 soniyadan oshib, yosh sevgi va yoshlik lahzasini aks ettiradi. Bu bizga yoz tunlarini sevgimiz bilan oyning yorqin nuri ostida oʻtkazishimizni eslatadi“.

Amerika Qoʻshma Shtatlarida „Born Pink“ Billboard 200da 102 000 albom ekvivalent birliklari bilan birinchi oʻrinni egalladi. Bu 2008-yilda Danity Keynning „Welcome to the Dollhouse“ albomidan keyin birinchi koreys ayol albomi va xitparadda birinchi o‘rinni egallagan ayollar guruhining birinchi albomi bo‘ldi. „Born Pink“ K-pop qizlar guruhining Buyuk Britaniya albomlar jadvalida birinchi oʻrinni egallagan birinchi albomi boʻldi. „Born Pink“ Avstraliya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya, Litva, Shvetsiya va Norvegiyada ham kuchli o‘ntalikka kirgan.

Sotuvlar




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz