BORMASHINA — tishni davolash va sun’iy tish qo’yishda tishni silliqlash va tozalash uchun mo’ljallangan kesuvchi asbob (bor) ni aylantiruvchi tibbiy apparat. Oyoqda, elektr motor va turbina yordamida ishlatiladigan xillari bor. Elektr Bormashinada borning aylanish chastotasi 30 ming ayl/min; turbinali Bormashinada esa 350 ming ayl/min. Turbinali Bormashinada kompressor yordamida qisilgan havo 0,250,35 mn/m2 (2,5— 3,5 kgk/sm2) bosim ostida yuboriladi. Bormashinadan zargarlik va boshqa ba’zi sohalarda ham foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish