BORMAN (BORMAN) FRENK
BORMAN (BORMAN) FRENK (1928. 14. 3, Geri, Indiana shtati) — AQSh kosmonavt uchuvchisi. Harbiy havo kuchlari polkovnigi. “Jeminay 7” kosmik kemasida (J. Lovell bilan birga, 1965, dekabr) Yer atrofida 206 marta aylandi. “Apollon8” kosmik kemasida (U. Anders va J. Lovell bilan birga, 1968 dekabr) dunyoda birinchi marta oy atrofida 10 marta aylandi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz