Borli o‘g‘itlar




Borli oʻgʻitlar — tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan holatda bor boʻlgan kimyoviy birikmalar; mikro>tm/yalarning bir turi. Borning har xil tuproqdagi miqdori (1 kg tuproq hisobida) 1,5 mg dan 150 mg gacha boradi. Oʻrta Osiyoning karbonatli tuproqlarida suvda qaynatilganda erib chiqadigan (suvli soʻrim) borning miqdori 1 kg tuproqqa 1 mg dan kam boʻlgan hollardagina Borli oʻgʻitlar ni kullash kerak. Borli oʻgʻitlar sifatida borat kislota, bordatolitli oʻgʻitlar, bormagniyli oʻgʻitlar, borli superfosfat, bura (tanakor) va boshqa qoʻllaniladi. Borli oʻgʻitlar ekish paytida boshqa mineral oʻgitlar bilan birgalikda tuproqqa qatorlab solishda, oziqlantirishda va urugʻlarni kimyoviy dorilar bilan birgaqoʻshib changlatishda (1,1 — 1,7 kg/ta hisobida) ishlatiladi. Ekish oldidan urugʻlarni ishlashda (1s urugga 0,005%—0,5% li eritmasidan 6—8 l) sarflanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz