Borlash




Borlash — poʻlat yoki boshqa metalldan tayerlangan buyumlar sirtini bor bilan toʻyintirish. B. natijasida buyum sirti qattiqlashadi, issiqqa va yeyilishga chidamliligi oshadi. Detalni suyuqlantirilgan bura (Na2B4O7) ga botirib, elektroliz usulida (detalkatod, grafit—anod) B. usuli koʻproq qoʻllaniladi. Detal suyuq burada 6—8 soat saqlangach (930° da), uning 0,15— 0,25 mm sirtqi qatlami borga toʻyinadi. Baʼzan, buraga bor karbid (30— 40%) yoki kremniy karbid (30%) qoʻshiladi. B. vakuum pechda yoki gaz muhitida ham oʻtkazilishi mumkin. Borlangan detallar maxsus usulda toblanadi. B. usuli nasoslarning vtulkalari, shtamplar, pressqoliplar, roliklar va boshqa tayyorlashda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz